Maxfiylik siyosati

Yangilangan: 03.10.2026

Bereket Avto Sawda (bereket-avto.uz sayti va iPhone/Android ilovasi) — Nukus va Qoraqalpog'iston avtomobil e'lonlari platformasi. Bu sahifada qaysi ma'lumotlarni yig'ishimiz, ulardan nima uchun foydalanishimiz va ularni qanday o'chirishingiz mumkinligi yozilgan.

Qanday ma'lumotlar yig'iladi

  • Telefon raqamingiz — hisobga kirish uchun (SMS kod yoki parol bilan).
  • Ism va familiya — ixtiyoriy, o'zingiz kiritsangiz.
  • E'lon ma'lumotlari: mashina tavsifi, narxi, rasmlari, aloqa telefoni va Telegram manzili (agar ko'rsatsangiz).
  • Narx takliflari: taklif summasi, izoh va taklif bergan xaridorning telefon raqami.
  • Telegram orqali kirsangiz — Telegram chat raqami va foydalanuvchi nomingiz (xabarnoma yuborish uchun).
  • Saqlangan e'lonlar ro'yxati va kirish holatini saqlovchi cookie.

Nima uchun foydalanamiz

  • Hisobingizga kirishni ta'minlash va uni himoya qilish.
  • E'lonlaringizni saytda, ilovada va @BEREKET_AVTO Telegram kanalida ko'rsatish.
  • Sotuvchiga narx taklifini SMS va Telegram orqali yetkazish.
  • Xizmat ishlashini kuzatish va xatolarni tuzatish.

Kimga beriladi

  • E'londagi aloqa telefoni va Telegram manzili hammaga ko'rinadi — bu e'lonning maqsadi.
  • SMS kod va xabarnomalar yuborish uchun telefon raqami SMS xizmati provayderiga (Eskiz) uzatiladi.
  • Telegram orqali kirish va xabarnomalar Telegram xizmati orqali ishlaydi.
  • Ma'lumotlaringiz reklama uchun sotilmaydi va boshqa shaxslarga berilmaydi. Kuzatuv yoki reklama tizimlaridan foydalanmaymiz.

Saqlash

Ma'lumotlar xizmat serverida saqlanadi. E'lonlar 30 kundan keyin avtomatik nofaol bo'ladi; hisobingizni o'chirmaguningizcha ma'lumotlar saqlanib turadi.

Hisobni o'chirish

Kabinet → «Hisobni o'chirish» orqali hisobingiz, barcha e'lonlaringiz va saqlanganlar butunlay o'chiriladi. E'lonlaringizning Telegram kanalidagi postlari ham olib tashlanadi. Bu amalni qaytarib bo'lmaydi.

Bog'lanish

Savol va murojaatlar uchun: Telegram @BEREKET_AVTO kanali yoki @avto_kerek_bot boti.

bereket-avto.uz